Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara bojxona posti ochildi

Postga tutash hududda 500 dan ortiq yengil mashinalarni qabul qiladigan avtoturargoh barpo etildi

Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona posti 27-yanvardan sinov rejimida ish boshladi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bojxona postiga tutash hududda bir vaqtda 500 dan ortiq yengil avtotransport vositalari, 100 dan ortiq avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega zamonaviy avtoturargoh barpo etildi.

Unda xalqaro yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek mahalliy yoʻnalishdagi yoʻnalishli jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

“Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, fuqarolar uchun tez tayyor boʻluvchi tamaddixonalar, kafe va boshqa maishiy va ijtimoiy xizmatlar, bundan tashqari xalqaro yoʻnalishdagi avtotransport vositalari uchun shaffof elektron navbat tizimi yoʻlga qoʻyiladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling