Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Bojxona sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Bojxona qoʻmitasi tizimida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi

Prezidentning “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2025-yilda bojxona sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

  • sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
  • bojxona organlari axborot tizimlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
  • bojxona organlari tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish.

Bojxona qoʻmitasi tizimida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi. Bunda hududiy boshqarmalarning masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari bosqichma-bosqich tugatiladi.

Bojxona qoʻmitasi tarkibida bojxona sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ixtisoslashgan tuzilma tashkil etiladi. Tuzilmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan:

  • sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish;
  • bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qamrab olgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning samarali ishlashini taʼminlash hamda doimiy tarzda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish choralarini koʻrish.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling