Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent viloyatida 7 kg oltinni chegaradan noqonuniy o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan bojxona xodimi ushlandi

Hozirda bojxona xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bojxona va Soliq qo‘mitalari xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi, deb xabar berdi DXX.

Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti inspektori 1979-y.t. fuqaroning 7 kg oltinini Qozog‘istondan chegara bojxona posti orqali deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxona nazoratidan yashirgan holda o‘tkazib berish evaziga Chirchiqda 5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda bojxona xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani DSQning shoʻba bosh inspektori oziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ faoliyatini o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tugatib berish evaziga 2500 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulni tuman soliq inspeksiyasi binosi oldida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda bosh inspektorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mirobod tumani soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻbasi inspektori o‘ziga biriktirilgan hududda faoliyat yurituvchi savdo do‘konida soliq tekshiruvlari amalga oshirmaslik va kelgusida har qanday soliq tekshiruvlari to‘g‘risida oldindan xabar berib turishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 10 mln so‘mni plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida ushlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling