Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 420 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent va Samarqandda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar Sh.A. va A.S. fuqaro O.N.ning ishonchiga kirib, Bo‘kadagi 4 gektar bo‘sh yerni 420 ming dollarga sotishini aytgan. Ular yerni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytib, kelishilgan puldan 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, fuqarolar N.N. va Sh.M. kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali 80 ming dollar evaziga Urgutdagi “B.B.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar yerini fuqaro A.O.ning nomiga rasmiylashtirib berishlarini aytgan. Ular kelishilgan puldan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling