Bo‘ka tumanidan o‘tgan yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga 18-avgust kuni soat 21:40 da ekskavator shikast yetkazdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Oqibatda tumandagi barcha isteʼmolchilarda gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan.
- Aholi xonadonlar soni – 12 512 ta;
- Ulgurji isteʼmolchilar soni – 267 ta.
Hozirda gaz ta‘minoti xodimlari tomonidan ta‘mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.