Bokuda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasining yangi binosi ochildi

Yakunda prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekistonning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.

Yetakchilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdi.

Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Elchixona zallari O‘zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. O‘zbekiston prezidenti xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog‘ nomini berishni taklif etdi.

Yakunda prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling