Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi, jumladan:
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim.