Jizzax shahrining Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida bola ehtiyosizlik oqibatida kir mashinaning quritish qismida qisilib qoldi. Bu haqdagi xabar 6-yanvar kuni soat 18:40 da viloyat FVBga kelib tushgan.

FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bola sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

Hozirda uning ahvoli yaxshi.