Toshkentning Bo‘rijar kanaliga 5-may kuni ikki qiz tushib ketdi.
Ularni qutqarishga kanalga tushgan 43 yoshli erkak esa cho‘kib ketdi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati izoh berdi. Maʼlum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.