Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev barchani davlat mustaqilligining 34 yillik shonli sanasi bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining Su-25 hujumchi samolyotlari “Yangi O‘zbekiston” bog‘i uzra parvoz qilib, osmonni mamlakat bayrog‘i ranglariga bo‘yadi.
Shundan so‘ng bayram shodiyonasi katta konsert dasturi bilan davom etdi.