Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” MFYdagi xonadonda joylashgan "K. G." nomli dala hovlida loyiha texnik hujjatsiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani ma‘lum bo‘ldi. Bu haqda “Hududgazta‘minot” AJ xabar berdi.
Mazkur holat bo‘yicha qayta-hisob kitob amalga oshirildi va 3 mlrd 43 mln so‘mlik zarar aniqlandi.
Shuningdek, Ohangaron tumanining “Ilg‘or” MFYda joylashgan, fuqaro X. Sh. ga qarashli uyda iste‘molchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, tijorat maqsadida novvoyxona tashkil etgani ma‘lum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 395,9 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Ushbu holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.