Toshkent va Namanganda 3,4 mlrd soʻmlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Toshkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Boʻstonliq tumanida fuqarolar D.A. va U.B. “Besh tut” MFY hududidagi dala hovlida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 2 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Yangiqoʻrgʻon tumanida fuqaro D.X. “Yuqori Qorayontoq” MFY hududidagi bogʻida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 1,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling