Toshkent viloyatida mototsikslchi temir to‘siqqa urilib, vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan yo‘lda 23-noyabr kuni soat 14:00 larda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Hodisada 1982-y.t., Toshkent shahrida yashovchi fuqaro (G.A.) o‘zining Honda mototransportida Chorbog‘–Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanib kelgan. 

U boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonida o‘rnatilgan temir to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling