Bo‘stonliq tumanidagi dala-hovlida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolar F.M., D.M. va boshqalar Bo‘stonliq tumani, “Chimgan” MFY hududidagi dala-hovlida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari ulangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.