Bo‘stonliq o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 5 ta iste’molchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 mlrd 790 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.
Jumladan, Bo‘stonliq tumanida "N.Sh.I." MChJga qarashli binoning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.