Toshkent viloyatida uch kishi togʻda adashib qoldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Toshkent viloyati FVBga 5-aprel kuni soat 18:15 da Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta Chimyon” togʻiga sayr qilish maqsadida borgan 3 nafar fuqaro yoʻldan adashib, togʻning yuqori qismidan pastga tusha olmayotganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga zudlik bilan Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida fuqarolarning joylashgan joyi aniqlanib, togʻning dengiz sathidan tahminan 3100 metr balandligidan sogʻ-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling