Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi

Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.

Prezidentning “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi

2026-yildan har 2 yilda 1 marta estrada sanʼati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling