Surxondaryo viloyati, Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi. Bu haqda viloyat MMTB xabar berdi.
Tumandagi avtobus 15-sonli davlat bog‘chasi tarbiyalanuvchilariga xizmat qilmoqda.
"To‘da mahallasidagi bolalar ilgari bog‘chagacha 8-10 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishar, qishda loy yo‘llarda qiynalishar edi. Uzoqlik sabab ayrim ota-onalar farzandlarini bog‘chaga yubora olmasdi", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, endi bolalar har kuni ertalab tarbiyachilar hamrohligida xavfsiz avtobusda bog‘chaga boradi.