Bosh prokuratura tomonidan Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida Rossiya fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovlar qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlangan.
B.Rasayev va Sh.Temirxanovlar Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e’lon qilingan.
Avvalroq Komil Allamjonovga suiqasd qilishda gumon qilingan ikki nafar shaxs Interpol orqali qidiruvga berilgandi.