Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumani “Sayram” MFY ayrim hududlariga 3-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
- Aholi isteʼmolchilari soni: 92 ta yerli xonadonlar
- 11 ta ko‘p qavatli uylar
- Ulgurchi iste‘molchilar soni: 15 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.