Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning bitta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Xonobod” va “Jo‘nariq” MFYlarining ayrim hududlariga 27-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 170 ta yerli xonadon, 8 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurchi iste‘molchilar soni: 8 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling