Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 10-iyul kuni elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Ushbu hududlar: “Latifguzar”, “Hojiobod”, “Ko‘rkamobod” hamda «Abdulla Qodiriy» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.