Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida 26-iyun kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Ushbu hududlar: “Mingchinor”, “Qo‘shchinor”, “Adolat”, “Akbarobod”, “Husniobod”, “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Mehnatobod”, “Beg‘ubor”, “Qadrdon”, “Xalqabog‘”, “Muruvvat”, «Ahmad Donish», «O‘zbekiston Mustaqilligi», “Yunusota”, “Sevinch”, “Yangibog‘”, “Ahilobod”, “Bog‘ishamol”, “Bog‘ieram”, “Uchqahramon”, “Shahriston”, “G‘ayratiy”, “Anorzor” hamda “Bobodehqon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 00:00 dan 05:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.