Sergelidagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in soat 11:04 da bartaraf etilgan.

Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-3 dahasi, Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Havas” do‘koning tom qismida 15-may kuni soat 10:15 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:21 da yong‘inga yetib borgan.

Yong‘in soat 11:00 da qurshab olingan va soat 11:04 da bartaraf etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling