Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Andijondagi korxona tomonidan tabiatga 31 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish hamda tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Sh.B.F” MCHJ faoliyati o‘rganildi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

Tekshirish davomida korxona bugungi kungacha “Ekologik oqibatlar bayonoti” loyihasini ishlab chiqmasdan va davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlandi. 

Shuningdek, korxonaga ajratilgan kon chegarasi tashqarisidagi belgilangan bo‘lmagan maydondan tuproq foydali qazilmasi noqonuniy qazib olinganligi va natijada tabiatga 31 mlrd 921 mln 145 ming 350 so‘m zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, hududning kamida 25 foiz qismini ko‘kalamzorlashtirish talablari bajarilmagan.

Shu bilan birga, tekshirish davomida korxona tomonidan 2024-yil hamda 2025-yilning dastlabki 8 oyi davomida belgilangan joylarga chiqindilar tashlanmagani, aksincha, atrof-muhit ifloslantirib kelinganligi aniqlandi. 

Natijada 7 mlrd 769 mln 802 ming 711 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi.

Aniqlangan holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish hamda tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling