Futbol munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Chilonzor tumanining ayrim ko‘chalarida soat 17:00 dan soat 23:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Bunga O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. Ushbu ko‘chalar:

  • Chilonzor va Cho‘ponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan - Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling