Buxoro shahrida yashovchi, 1997-y.t., muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs 3 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kiradi.
So‘ngra Xorvatiyada tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6000 dollar talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 3000 dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi.
Namangan shahrida yashovchi, 1999-y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kiradi.
Mazkur shaxs hozirda Xorvatiyada ishlovchi akasining ko‘magida ularni ushbu mamlakatga ishlash uchun yuborish evaziga har biridan 2600 dollar, jami 7800 dollar talab qiladi.
Ammo, u Yangi Namangan tumanida ushbu pul mablag‘idan 3900 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.