Buxoro viloyatida 530 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, Gala Osiyo shahri, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan “S. R. R.” YTTga qarashli novvoyxonaning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 530 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.