Buxoroda MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar olgan soliq inspektori ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxorodagi MCHJ tomonidan 2024-yil noyabr-dekabr hamda 2025-yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmagan.

Shu bois MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atiladi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MCHJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqariladi. 

Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi shoʻba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar talab qiladi. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling