Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtomashinada “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Dorilar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoroda yashovchi, 1962-y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.
Ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmaganligi, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, 6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni sotish taqiqlanadi.
Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,186 prim 3-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.