10-fevral kuni soat 11:26 da, “GAZLI” MGQBning diametri 1020 mm boʻlgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yer ostidan oʻtgan 106 km.da (eng yaqin aholi maskani Romitan tumani Qizilrabot MFYdan 40 km uzoqlikda) avariya sodir boʻlgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30da muruvatlar yopilib, qoldiq gazlarni chiqib ketishi kuzatilgan. Hozirda avariya toʻliq bartaraf etildi.
Voqea joyiga viloyat FVB, Romitan tumani FVB boshligʻi 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Energetika vazirligining xabar berishicha, respublikaning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda ishlashda davom etishi belgilandi.
Yaʼni, ularning faoliyati hududlardagi talab hamda gaz quvurlaridagi bosimdan kelib chiqqan holda yoʻlga qoʻyiladi.