Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida 29-yanvar kuni soat 08:30 larda Captiva yoʻlning chap tomonida qoldirib ketildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, davlat raqam belgisi 10 V 701 AA boʻlgan Captiva avtomashinasi haydovchisi yuzaga kelgan nosozlik tufayli avtomashinani yoʻl qatnov qismining eng chetki chap qatorida qoldirib ketgan.
Yaqin orada xizmat olib borayotgan YPX inspektori yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Captiva avtomashinasini evokuator yordamida yoʻl qatnov qismining chetki qismiga olib oʻtgan.
Haydovchiga hech qanday jarima qoʻllanilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling