Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida 2-may kuni soat 13:30 da YTH sodir bo‘ldi.

BYD elektromobili YTH natijasida yonib ketdi. Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 13:34 da yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling