Toshkentda BYD va motosikl o‘zaro to‘qnashdi

Hodisa oqibatida motosikl haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Beruniy-Paxta ko‘chalari chorrahasida 10-mart kuni soat 16:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1983 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan BYD hamda 2003 yilda tug‘ilgan Z.F. boshqaruvidagi KAVASAKI motosikli to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida motosikl haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling