Misrdan “C” gepatitiga qarshi dori vositalarining ilk partiyasi olib kelindi

Ushbu dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.

Misrdan “C” gepatiti kasalligiga qarshi dori vositalarining 2025-yildagi ilk partiyasi olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ushbu insonparvarlik loyihasi O‘zbekiston prezidentining mamlakatda “С” gepatitini 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qiymati 114 ming 829 dollarga teng 31 ta qutida 7440 dona bo‘lgan “C” gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasini yurtimizda beg‘araz insonparvarlik ko‘magi sifatida taqdim etildi.

Mazkur dori vositalari 31-may kuni Sharm ash-Shayx – Toshkent bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelindi.

Ushbu dori vositalari O‘zbekistonda “C” gepatitini 2030-yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dasturga asosan SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling