Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 5,7 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari to‘xtatildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1987-y.t. fuqaro qirg‘izistonlik shaxs tomonidan aylanma yo‘llar orqali “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasidan noqonuniy ravishda mamlakatga o‘tkazib berilgan katta miqdordagi zargarlik buyumlarini qabul qilib oladi. 

So‘ngra ularni Farg‘ona shahrida kutib turgan Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi, 1997-y.t. fuqaroga yetkazib bergan vaqtida ikkalasi ham qo‘lga olindi.

Tilladan yasalgan ushbu zargarlik buyumlarining jami og‘irligi 5 kg 706 grammni tashkil qilib, dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd 746 mln so‘mga teng.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling