Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi

Bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun Oʻzbekistondan tashqarida boʻlishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Unga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning quyidagi normalari belgilandi:

  • havo transportida - 1000 dollar (amalda 2000 dollar);
  • temir yoʻl va daryo transportida - 500 dollar (amalda 1000 dollar);
  • avtomobil (piyoda) oʻtkazish punktlari orqali - 300 dollar;
  • xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali - 200 dollar (amalda bir chorakda 1000 dollar);
  • xalqaro pochta joʻnatmalari orqali - 100 dollar (oʻzgarmagan).

Bundan tashqari, bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun Oʻzbekiston hududidan tashqarida boʻlishi kerak.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling