Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) maʼlumotiga ko‘ra, fuqaro V.J. 2022-yilda Xorvatiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. 2025-yil 18-aprel kuni uning salomatligi keskin yomonlashib, Riyeka shahridagi klinik kasalxona markazining reanimatsiya bo‘limiga insult tashxisi bilan yotqizilgan. O‘tgan vaqt davomida unga zarur jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida va O‘zbekistonning vakolatli organlari ko‘magida V.J. dastlab shifokorlar nazorati hamda tibbiy talablarga rioya qilingan holda Germaniyaga yetkazildi.
Shundan so‘ng, Myunxen–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda reanimatolog hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.