Kelasi hafta avvalida havo harorati 44 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

O‘zbekiston hududiga 16-19-iyun kunlari janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

16-17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling