Toshkent shahar Chilonzor tumani, Farhod ko‘chasi, Shuhrat chorrahasidan Chilonzor metro bekati chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga issiqlik tarmoqlari quvurlarini yangisiga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Cheklov 18-avgustdan 30-avgustgacha amal qiladi.