Toshkent shahridagi ko‘plab avtobus yo‘nalishlari harakatiga 18-avgustdan vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Bunga Kichik halqa yo‘lining Qatortol ko‘chasidan Bunyodkor shox ko‘chasigacha bo‘lgan qismida kommunal xo‘jalik quvurlarini ta‘mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Ushbu yo‘nalishlar:
- 8, 34, 70, 99, 113, 114, 125, 131, 134, 135, 139-sonli yo‘nalishlar harakati Qatortol, Mehr, Bunyodkor ko‘chalari orqali bir tomonlama tashkil etiladi;
- 41, 48, 69, 116-sonli yo‘nalishlar harakati Qatortol-2, Bunyodkor ko‘chalari orqali o‘zgartiriladi.
Rekonstruksiya ishlari davomida ko‘chalardagi tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq bo‘lishi mumkin.