“Toshissiqmarkazi” AJ IM-5 (M-0,4) va IM-9 tomonlaridan rejaviy profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Shu bois Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 12-maydan 16-maygacha issiq suv uzatilishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Issiq suv o‘chiriladigan mavzelar:
- Ko‘chalar: Zargarlik, Lutfiy, Bogʼiston, Qatortol, Guliston, Farhod, Choponota, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Doʼmbirobod, Doʼmbirobod 4-tor koʼchasi, Serquyosh, Usmir, Tahiatash, Shirin, Maqsud Shayhzoda, 1-chi va 2-chi Katartal ko‘chalari, Katta Hirmontepa, Takachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, Tukimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, Rahimboboyev, Takachi.
- Massivlar va mavzelar: Chilonzor dahasi (5-26,30,31,G9A,20A mavzelari), Doʼmbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy-1 va 2, Beshqayrag‘och, Izza, O‘rikzor.