Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 9-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Chilonzor tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Mehrjon“ va ”Botirma" MFYlari
- Aholi xonadonlari soni: 28 ta koʻp qavatli uy
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 18 ta
Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yangi gulzor” va “Chortoq” MFYlari;
Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani: “Toʻrt Qoʻrgʻon” va “Yangi Turmush” MFYlari;
- Aholi xonadonlari soni: 1243 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.