Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi past bosimli gaz quvuriga daraxt qulashi natijasida yuzaga kelgan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
- Aholi isteʼmolchilari soni: 8-mavzeda 16 ta koʻp qavatli uylardagi 770 ta xonadon
Ayni vaqtda gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.