Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentdagi savdo ofislaridan birida yongʻin sodir boʻldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, “Tirsakobod” MFY hududida joylashgan qurilish olib borilayotgan binoda 26-fevral kuni soat 02:18 da yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:46 da qurshab olindi va soat 02:54 da oʻchirildi.

Hozirda yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling