Toshkentda Lacetti daraxtga urilishi oqibatida fuqarolar jarohatlandi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, 2-Qatortol ko‘chasida 12-mart kuni  soat 10:45 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilgan.

Hodisa oqibatida mashina texnik shikastlangan va haydovchi va yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma‘sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling