Toshkentning Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida 1-noyabr kuni soat 10:00 dan soat 14:00 gacha elektr vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga “Chilonzor” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Chilonzor tumani: «1-Charx Kamolon», «2-charx Kamolon», «Katta Chilonzor», “Novza”, “Beshchinor”, “Ko‘rkam”, “Qozirobod”, «1-Katta Chilonzor», «2-Katta Chilonzor» hamda «3-Katta Chilonzor» MFY;
- Yakkasaroy tumani: “Shoxjahon”, “Belariq”, “Rakatboshi”, “Dilbuloq”, “Toqimachi”, “Muqimiy” hamda “Rakat” MFY.
Shuningdek, soat 11:00 dan soat 15:00 gacha Sergeli va Yangihayot tumanlarida ham “svet” o‘chiriladi.
Bunga “Sergeli” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
- Sergeli tumani: “Xontepa”, “Xonobod”, “Sadoqat”, “Izzatli”, “Nomdanak”, “Kengmakon”, “Sultonobod”, “Xonobodtepa”, «Eski Jaloir», «Koxna Qumariq», “Fayzli” hamda “Eshonbuloq” MFY;
- Yangihayot tumani: «Xoja Uchqun», “Gulzor” hamda “Jaloyir” MFY.
Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.