Toshkentning to‘rtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Uchtepa va Yashnobod tumanlariga 25-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Chilonzor tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Al-Xorazmiy", “Baxoriston”, “Guliston” va “Bekto‘pi” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 220 ta yerli xonadon, 80 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 40 ta

Shayxontohur tumani (10:00 dan 20:00 gacha): 

  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta 

Uchtepa tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Foziltepa”, “Ko‘ksaroy”, “O‘rikzor” va “Zarafshon” MFYlari 

  • Aholi xonadonlar soni: 2450 ta yerli xonadon, 47 ta ko′p qavatli uy
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 256 ta

Yashnabod tumani (10-00 dan 18-00gacha) Maxtunquli ko‘chasi 

  • Aholi xonadonlar soni: 950 ta yerli xonadon, 35 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 10 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling