Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning yettita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 28-oktabr kuni Chilonzor, Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Yangihayot va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Beshyog‘och" MFY
  • Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)— “Rakatboshi” MFY
  • Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha) – “Iqtidor” va “Chingeldi” MFYlari
  • Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:30 gacha) - “Ibrohimota” va “Gulzor” MFY
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) - “So‘g‘diyona” va “Sofdil” MFY
  • Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “Olchazor” va “Xo‘ja Uchqun” MFY
  • Yashnobod tumani (08:00 dan 18:00 gacha) — “Olmos” va “Jarboshi” MFY

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling