Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Bo‘stonliqdagi restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani, “Chimyon” MFY hududida joylashgan yog‘ochli konstruksiya materialidan qurilgan restoranlarning birida 10-iyun kuni soat 01:32 da yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:13 da o‘rab olingan va soat 04:20 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida restoranning taxminan 300 kv metr maydonda tomi, shifti, ichki qismi va jihozlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling